09:45 / 26.02.2019
4 977

Mamlakatimiz bozorlaridagi narx-navolar (25 fevral holatiga)

Mamlakatimiz bozorlaridagi narx-navolar (25 fevral holatiga)
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakatimiz bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.
Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 25 fevral holatidagi narxlari

MOL GO‘ShTI 28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha
Eng arzon narx “Qo‘yliq” dehqon bozori, “Chorsu” dehqon bozori, “Farxod” dehqon bozori (barchasi Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx poytaxtimizdagi Yunusobod, Mirobod, Xorazmning Urganch markaziy dehqon bozori va Andijondagi Yangi shahar bozorida qayd etilgan – 33 000 – 40 000 so‘m.

QO‘Y GO‘ShTI 28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun “Farhod“ dehqon bozori, “Chorsu” dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx yana o‘sha Yunusobod va Mirobod dehqon bozorlari hamda Andijondagi Yangi shahar bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti 30 000 – 42 000 so‘mga.

TOVUQ GO‘ShTI 15 000 so‘mdan – 21 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Farg‘onadagi markaziy bozorda qayd etildi – 12 000 so‘m.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 so‘m

GURUCh 3 000 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Surxondaryo viloyatidagi Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.
E’tiborlisi eng qimmat narx ham aynan shu yerda, Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.

O‘SIMLIK YoG‘I 8 500 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi “Farhod“ dehqon bozorida qayd etildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx ham poytaxtda, “Mirobod“ dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozorida kuzatildi – 12 500 so‘mgacha.

UN 2 200 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning “Farhod“ dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg. uchun 2 200 – 4 500 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un uchun narx 1 500 so‘mdan.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida va Farg‘ona Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.

ShAKAR 4 300 so‘mdan – 5 200 so‘mgacha
Eng arzon narx Farg‘ona viloyatidagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 – 5 200 so‘mdan.
E’tiborlisi eng qimmat narx ham “Mirobod“ dehqon bozori, Qoraqalpog‘iston va Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 4300 – 5 200 so‘mdan.

TUXUM 350 so‘mdan – 650 so‘mgacha
Toshkent shahri bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450 – 650 so‘mdan xarid qilish mumkin.

KARTOShKA 1 100 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx “Chorsu“ dehqon bozorida qayd etildi – 1 100 – 3 000 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham “Mirobod“ dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 – 32 200 so‘mgacha.

POMIDOR 5 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qo‘yliq dehqon bozori, “Farhod“ dehqon bozori, “Chorsu“ dehqon bozorlarida kuzatildi – 5 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Andijon viloyatining Yangi shahar bozorida qayd etildi – 18 000 – 20 000 so‘mgacha.

XO‘JALIK SOVUNI 1 500 so‘mdan – 3 200 so‘mgacha
Eng arzon narx Farg‘onadagi Markaziy dehqon bozorida, Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy bozorida, Namangan shahridagi “Sardoba dehqon bozorida”, hamda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on dehqon bozori”da kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘istondagi Nukus shahridagi, Buxoro shahridagi, Jizzax shahridagi, Namangan shahridagi va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 500 – 3 500 so‘mgacha.​​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mamlakatimiz bozorlaridagi narx-navolar (25 fevral holatiga)