14:30 / 26.02.2019
8 433

Samarqandda o‘z uyida fohishaxona ochgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda o‘z uyida fohishaxona ochgan shaxs qo‘lga olindi
Samarqand shahrida o‘z yashash uyida fohishaxona ochgan shaxs fosh etildi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Samarqand viloyati IIBga Jomboy tumani Naymantepa mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi R.R. ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahar Cho‘ponota massivi 28-uyda yashovchi Shodiqul ismli shaxs, o‘z yashash uyida pul evaziga fuqarolarga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib berayotganligini ma’lum qilgan hamda qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Ushbu murojaat asosida bo‘linma xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro Sh.G‘. o‘z yashash uyida tadbirga jalb qilingan "R.R." va "X.M."larga jinsiy aloqa qilishlari uchun uyidan alohida xona ajratib berib, bu xizmati evaziga 20 ming so‘m pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Fuqaro Sh.G‘.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ammo u tilxat orqali ochiqda qoldirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda o‘z uyida fohishaxona ochgan shaxs qo‘lga olindi