18:04 / 26.02.2019
7 383

Andijondagi portlash tufayli 18 nafar o‘quvchi jarohat oldi

Andijondagi portlash tufayli 18 nafar o‘quvchi jarohat oldi
Bugun, 26 fevral kuni soat 10:26 da Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi «Issiqlik manbai» AJga qarashli isitish qozonining portlashi yuz berdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Favqulodda holat oqibatida poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shahardagi 4-umumta’lim maktabining 18 nafar 9-g-sinf o‘quvchilari turli darajada yengil jarohat olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali travmatologiya qabulxonasiga olib kelingan.

Ular zudlik bilan zarur tekshiruvlardan o‘tkazilib, shifokorlar tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi. 18 nafar bemor kuzatuv ostida bo‘lib turibdi. Olib kelinganlardan 4 nafari holati tekshirilib, neyroreanimatsiya bo‘limiga yotqizildi, jumladan, 2 nafar bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 10 nafar qo‘shimcha murojaat qilganlarga ambulator-psixologik yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berildi.

Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, zarur dori-darmonlarni yetkazib berish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan.
Vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi portlash tufayli 18 nafar o‘quvchi jarohat oldi