18:56 / 26.02.2019
3 749

Xorijlik ekspertlar "O‘zbekiston tarixi" telekanali yaratilishida ko‘mak beradi

Xorijlik ekspertlar "O‘zbekiston tarixi" telekanali yaratilishida ko‘mak beradi
Germaniya mahalliy telekompaniyalar Assotsiatsiyasi prezidenti, ekspert Rene Falkner bilan "O‘zbekiston tarixi"” telekanali yaratilishi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda xorijlik mutaxassislar, muharrir va rejissyorlar, texnik xodimlar ishtirok etib, telekanalni ommalashtirish, xalqaro tajribalarni qo‘llash, mutaxassislarni keng jalb etish bo‘yicha fikr almashildi.
Germaniyalik mutaxassis "O‘zbekiston tarixi" telekanali yaratilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirib, telekanal faoliyati yo‘lga qo‘yilgunga qadar o‘zbekistonlik mutaxassislarga turli seminar-treninglar, davra suhbatlari tashkil etib, amaliy yordam berishini aytib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvga hamohang tarzda Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Konrad Adenauer nomidagi xalqaro xayriya jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda ushbu telekanal yaratilishi, funksiyasi, unda xalqaro tajribalarni qo‘llash bo‘yicha yana bir tadbir tashkillashtirildi.

Uchrashuv so‘ngida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob qaytarishdi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida «O‘zbekiston tarixi» telekanali tashkil etilishini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, davlatimiz rahbari mamlakat kelajagiga yo‘naltirilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda kuch-qudrat manbai – milliy g‘oyani rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratib, O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijlik ekspertlar "O‘zbekiston tarixi" telekanali yaratilishida ko‘mak beradi