06:02 / 28.02.2019
6 477

O‘zbekistonda isish jarayoni ikki barobar tezlik bilan yuz bermoqda

O‘zbekistonda isish jarayoni ikki barobar tezlik bilan yuz bermoqda
Toshkentda "O‘zbekiston Respublikasining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi To‘rtinchi Milliy Axborotnomasini tayyorlash" loyihasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

– Iqlim o‘zgarishining asosiy sababi – atmosferada issiqxona gazlari konsentratsiyasining ortishidir, - deydi "O‘zgidromet" mutaxassisi R. Taryannikov. – Bunga metan, uglevodorod, azot kabilarning havoga ko‘p midorda ko‘tarilishini aytish mumkin. Sanoatning ayniqsa, qazilma yoqilg‘i-ko‘mir, neft, benzin ishlatish va qazib olish jarayoni ortishi iqlim o‘zgarishida asosiy faktor hisoblanmoqda.

Agarda bu yilgi qishning nega issiq kelganiga qiziqadigan bo‘lsak, buning sababi ham iqlimdagi o‘zgarishlar hisoblanar ekan. Iqlim o‘zgarishlari borasidagi kuzatuvlar 1876 yilda boshlangan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida Toshkentda o‘rtacha harorat ortib bormoqda.
Boshqa davlatlarga nisbatan O‘zbekistonda bu jarayon ikki barobar tezlik bilan yuz berayotgan ekan. Buning sababini mutaxassislar shunday izohladi.

– Sababi O‘zbekiston qirg‘oqchilik hududida joylashgan, – deydi "O‘zgidromet" bosh direktori birinchi o‘rinbosari B.Nishonov. – Dengiz va okeanlar bizdan ancha olisda joylashgan. Agarda suv yaqinroq bo‘lsa, gazlarning salbiy oqibatlari nisbatan kamaygan bo‘lardi.
Misol uchun, Yaponiyada bu boradagi o‘rganishlarda okeanlar 30 foiz issiqxona gazlarini o‘ziga singdirishi aniqlangan.

Yig‘ilishda iqlim isishi ekotizimlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyati kabi mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashuviga, yil mobaynida jazirama davr davomiyligining ortishi va kuchayishi natijasida aholi o‘rtasida kasalliklarning ko‘payishi, shuningdek, boshqa xavfli tabiat hodisalari – sellar, toshqinlarning tez-tez takrorlanishi, yuqori tog‘lardagi ko‘llarning o‘pirilishiga olib kelishi mumkinligi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda isish jarayoni ikki barobar tezlik bilan yuz bermoqda