To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Kattaqo‘rg‘oncha mahallasida yashovchi A.Usmanov turmush o‘rtog‘i Z.To‘raxo‘jayeva bilan arzimas sabab tufayli ajrashib ketgan edi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining 2015 yil 11 noyabr kungi sud qaroriga asosan bir nafar farzandning moddiy ta’minoti uchun aliment undirish ham belgilanadi.
Oradan vaqt o‘tib, Z.To‘raxo‘jayeva moddiy ta’minotni vaqtida undirish bo‘yicha Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga murojaat qiladi. Shunda davlat ijrochilarining ular bilan o‘tkazgan tushuntirishlari samara berib, yarashishga ahd qilindi va To‘raqo‘rg‘onda darz ketgan oila qayta tiklandi.
Umuman olganda, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi va hokimlik xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda aynan oilalarni yarashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani kutilgan natija bermoqda.
Asosiysi, Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan aliment bilan bog‘liq sud ijro hujjatlari ijrosini ta’minlashda tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Byuroning shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida faollar ishtirokida ajrashib ketgan oilalar bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda aliment sohasidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqida keng tushunchalar berilib kelinmoqda.
O‘z o‘rnida keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda ajrashib ketgan oilalarni yarashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hamkorlikdagi bu kabi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirib kelinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi