«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi Navro‘z bayrami nishonlanadigan 21—24 mart kunlari ichki reyslarga chegirmalar joriy etilishini e’lon qildi.
Chegirmalardan quyidagilar foydalanishi mumkin:
- pensionerlar, nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar — 50 foiz chegirma;
- maktab o‘quvchilari, kollej, litsey va OTMlar talabalari, IIV, Mudofaa vazirligi, DXX, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa mahkamalar tizimidagi maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari va tinglovchilari (guvohnomalar taqdim etilganda) — 15 foiz;
- oilalar (ikki kishidan — er va xotin, er, xotin va ularning 18 yoshgacha bolalari; 18 yoshgacha farzandi bilan ota yoki ona, nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilganda) — 15 foiz;
- jamoalar (to‘rt va undan ortiq kishi) — 15 foiz.
Qo‘shimcha qilinishicha, «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarining barcha toifadagi yo‘lovchilariga 10 foizlik chegirmalar taqdim etiladi.
Bundan avvalroq Navro‘z bayrami munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ham ichki reyslarga chegirmalar e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» xalqaro yo‘nalishlar uchun ham chegirmalar e’lon qilgan.
Bayram munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun dam olishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!