5 570
Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan "qalbaki pul"ni o‘tkazishga uringanlar ushlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudining 2019 yil 30 yanvardagi hukmi bilan Sh.N., Ch.B. va D.U. O‘zbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, ya’ni qalbaki pul o‘tkazganligi uchun aybdor deb topildi.
O‘zA’ning yozishicha, surxondaryolik uch nafar shaxs – Sh.N., Ch.B. va D.U. o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘tkazish maqsadida yasalgan 50 ming so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullarni Surxondaryo viloyati hududidagi bozorlar, savdo ob’ektlari va boshqa joylarda o‘tkazish maqsadini ko‘zlaydi. Ular 2018 yil 13 sentyabr kuni, soat taxminan 10:30larda Qiziriq tumani “Obod yurt” mahallasida joylashgan mol bozorida D.P.dan bir bosh sigirni 5 million so‘m miqdoridagi qalbaki pul evaziga sotib oladilar. D.P.da shubha uyg‘otganligi sababli, bu haqida IIBga xodimlariga murojaat qilgan va qonunbuzarlar qo‘lga olingan.
Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, ushbu pul mablag‘lari Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan (bu holat yuzasidan alohida jinoyat ishi mavjud).
Sud sudlanuvchilarga nisbatan jazo tayinlashda sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda hukm chiqardi.
Jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilgan 184 dona 50 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar yo‘q qilinishi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?