15:23 / 03.03.2019
5 857

Ogʻir judolik: Omonulla Madayev vafot etdi

Ogʻir judolik: Omonulla Madayev vafot etdi
Taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev kecha, 2 mart kuni 76 yoshida vafot etdi.
Ustoz Omonulla Madayev koʻp yillar davomida Oʻzbek pedagogika maktabi, folklorshunoslik maktabi va jurnalistikasiga katta hissa qoʻshib kelgan atoqli olimlardan biri hisoblangan.

Olim jamiyatda kechayotgan oʻzgarishlarga nisbatan oʻzining teran fikrlari, chuqur tahlili va oʻtkir soʻzlari bilan ajralib turgan. Omonulla Madayev Kun.uz bilan ham suhbatda jamiyat va til, tarbiya va axloq masalalariga alohida eʼtibor qaratgan edi.

Maʼlumot uchun, Omonulla Madayev 1942 yilning 20 mayida Toshkent shahrida tugʻilgan. 1964 yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1958 yil Toshkent shahar 1- sonli maktab-internat oʻqituvchisi, 1964 yil Toshkent shahar 82-sonli oʻrta maktab oʻqituvchisi sifatida ishlagan. 1966 yil ToshDU Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasida ishlagan, 1982 yildan Toshkent davlat universitetining oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan.

Omonulla Madayev Oʻzbekistondagi abituriyentlarni tayyorlovchi ilk darslarni tashkil etgan pedagog boʻlib, maʼlum vaqt Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani sifatida ham faoliyat yuritgan.
Omonulla Madayev oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi, adabiyotshunoslik va pedagogikaga oid bir qator darsliklar muallifi hisoblanadi.

Zamin.uz jamoasi olim Omonulla Madayevning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, oʻzbek adabiyotshunosligi nodir namoyandalaridan birining xotirasi abadiy qolajagiga ishonadi.

Zero, ustoz Omonulla Madayev umri va ilm shamchirogʻi nuri uning shogirdlari va yaqinlari qalbida mudom porlayveradi.
Yaqinlarining maʼlumot berishiga koʻra, Omonulla Madayev soʻnggi manzilga 3 mart kuni “Shayx Zayniddin ota” masjidida peshin namozi vaqtida kuzatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Ogʻir judolik: Omonulla Madayev vafot etdi
[/banner_pushhouse