14:55 / 04.03.2019
6 320

“Aktyor” koʻrsatuvi ijodkorlari endi “Dom2” koʻrsatuvidan oʻrnak olyaptimi?

“Aktyor” koʻrsatuvi ijodkorlari endi “Dom2” koʻrsatuvidan oʻrnak olyaptimi?
“Aktyor” koʻrsatuvi oʻtgan mavsumda koʻrsatuvlarining qoq finalida qovun tushirishgandi. Bu galgi mavsumda esa qovun tushirish uchun finalni ham kutib oʻtirishmadi. Kecha ekran orqali namoyish etilgan koʻrsatuvni koʻrganlar yigit va qizlarni mehmonxonaga joylashtirib, ularga ota-onasi va yaqinlari bilan koʻrishishni maʼn etib qoʻyishganiga xayron boʻlganliklari shubhasiz. Bunisi hali holva ekan.

Qizlar va yigitlarning xonasiga videokamera oʻrnatib qoʻyishgani hammasidan oshib tushdi. Videokamera oʻrnatish… Xos xonalarga-ya? Qizlarning kiyinishi bor, vannaga kirishi bor, uxlashi bor – shularning hammasini bafurja kuzatib turishadimi? Boshlovchi yigit “Qizlarni Asal kuzatib turadi, yigitlarni esa men!” deb oʻzicha vaziyatni izohladi.

Biroq operator koʻrmaydimi, qoʻriqchi, mehmonxona xodimlari koʻrmasligiga ishonchlari komilmikan?! Axir kechaning oʻzida yigitlarning choʻzilib yotgani-yu, qizlarning garderobni ochib, kiyishga kiyim qidirayotgani butun oʻzbek muxlislariga namoyish etildi-yu. Koʻrsatuv ijodkorlari oʻzlarini Rossiyaing TNT kanalida namoyish etiladigan “Dom2” koʻrsatuvidaman deb oʻylashyapti, shekilli.

Jamiyatimiz bu qadar ochiqlikni qabul qila olmaydi. Bu kabi yangiliklar shaxsiyatga dahl qilish demakdir. Homiy mehmonxonani reklama qilaman deb, ishtirokchilarning shaxsiyatini oʻyinchoq qilishi bu salkam qabihlik.

Mutasaddi tashkilotlar bu holga nisbatan chora koʻrishadi, degan umiddamiz. Aks holda…

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Aktyor” koʻrsatuvi ijodkorlari endi “Dom2” koʻrsatuvidan oʻrnak olyaptimi?