12:44 / 05.03.2019
5 570

Toshkentda bir tumandan ikkinchisiga doimiy propiskani koʻchirish boʻyicha qoʻllanma

Toshkentda bir tumandan ikkinchisiga doimiy propiskani koʻchirish boʻyicha qoʻllanma
Toshkent shahrining bir tumanidan ikkinchi tumaniga doimiy propiskani koʻchirish uchun qayerlarga borish va qanday hujjatlar taqdim qilish lozim? Quyida shu savollarga javob beramiz.

Propiskadan chiqish
Misol uchun, Toshkentning A tumanidan B tumaniga doimiy propiskani koʻchirish uchun eng avvalo A tumanidan roʻyxatdan chiqish kerak boʻladi. Buning uchun:
- A tuman ichki ishlar boʻlinmasiga (xalq tilida GOM deyiladi) boriladi, u yerda 16-forma olinadi;
- 16-forma bilan A tuman mudofaa ishlari boʻlimiga (voyenkomat) borib, u yerdan harbiy guvohnomani roʻyxatdan chiqarish kerak;
- soʻng yana A tuman ichki ishlar boʻlinmasiga borib, propiskadan chiqish uchun ariza yoziladi va 16 ming soʻm toʻlanadi;
- propiskadan chiqarib berish muddati 5 ish kunini tashkil qiladi.

Talab qilinadigan hujjatlar
- propiskadan chiqayotgan shaxsning pasporti (asl nusxa);
- uy egasining pasporti (asl nusxa);
- harbiy guvohnoma (asl nusxa);
- uy hujjati (kadastr);
- 16-forma.

Propiskaga qoʻyish
A tumandan propiskadan chiqqach, B tumanga propiskani qoʻyish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- mudofaa ishlari boʻlimiga borib, harbiy guvohnoma roʻyxatga qoʻyiladi;
- keyin B tuman fuqarolik va migratsiyani rasmiylashtirish boʻlimiga (pasport stoliga) boriladi;
- hamma hujjatlar joyida boʻlsa, oʻsha joyning oʻzida propiskaga qoʻyiladi.

Talab qilinadigan hujjatlar
- propiskaga kirayotgan shaxsning pasporti (asl nusxa);
- uy egasining pasporti (asl nusxa);
- uy egasining roziligi;
- harbiy guvohnoma (asl nusxa);
- uy hujjati (kadastr);
- 16-forma.
Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ham deyarli shunday tartib joriy etilgan. Faqat viloyatlarda propiska bu darajada dolzarb boʻlmagani uchun unchalik muammo tugʻdirmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir tumandan ikkinchisiga doimiy propiskani koʻchirish boʻyicha qoʻllanma