19:08 / 05.03.2019
5 096

Taksilar “Toʻxtash taqiqlangan” belgisi amal qiluvchi joyda toʻxtashi mumkin boʻladi

Taksilar “Toʻxtash taqiqlangan” belgisi amal qiluvchi joyda toʻxtashi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan 2019 yil 1 apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi ijara shartnomasini tasdiqlash uchun davlat boji stavkasi amaldagisiga qarshi ikki barobarga pasaytiriladi.

Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimi yaratilishini taʼminlaydi.

2019 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq:
- yoʻnalishli taksilar uchun talab etiluvchi toʻlov terminallari, taksometr hisoblagichlar va radioaloqa qurilmalari almashtirilayotgan uskunalar funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovalarga ega qurilmalar (mobil telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) bilan almashtirilishi mumkin;
- yoʻnalishli taksiga qonunchilik bilan talab etiluvchi rangni oʻzi yopishuvchi materiallardan foydalanish yoʻli bilan boʻyash zaruratisiz berish;
- yoʻnalishli taksi sifatida ishlatiluvchi va tashqi hamda ichki bezak yagona belgilari bilan jihozlangan yengil avtomobillar yoʻnalishli transport vositalari harakatining maxsus yoʻlagidan yurishi, shuningdek, “Toʻxtash taqiqlangan” belgisi amal qiluvchi joyda toʻxtashi mumkin;
- xalqaro avtomobil tashuvlari uchun xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar olish uchun ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taksilar “Toʻxtash taqiqlangan” belgisi amal qiluvchi joyda toʻxtashi mumkin boʻladi