Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonova jurnalistlarning huquqlari koʻp hollarda inobatga olinmayotganini maʼlum qildi. Bu haqda Bobojonova 5 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan davra suhbatida aytib oʻtgan.
“Ularning (jurnalistlar - tahr.) maqomini mustahkamlash uchun Jurnalistlar kasaba uyushmasini tashkil etish kerak. Ular madaniyat xodimlari kasaba uyushmasiga biriktirib qoʻyilgan. Vaholanki, jurnalistika kasbining xususiyatlari madaniyat va taʼlimdan farq qiladi”, — deya qayd etgan markaz direktori.
Jurnalistika sohasiga oid huquqiy-normativ aktlarga oʻzgartirish kiritish orqali ularni takomillashtirish boʻyicha tashkil etilgan davra suhbatida Bobojonova “koʻp hollarda jurnalistlarga ham huquqiy savodxonlik” yetishmasligini taʼkidlagan.
Uning aytishicha, jurnalistlar qonunlar bilan tanish emas. Bu borada jurnalistlar malakasini oshirishga koʻproq eʼtibor qaratish kerak, deb hisoblaydi Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori.
Avvalroq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori OAV faoliyatiga asossiz aralashuvidan ogohlantirish, OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik shaxslar oʻrtasidagi nizoli holatlarni hal qilish bilan shugʻullanuvchi Media-ombudsmen instituti tashkil etilishini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi