“Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarda saqlanayotgan shaxslarga davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.
Nizomga muvofiq, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxslarga statsionar sharoitda tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur boʻlgan hollarda ularga davlat sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Shunga koʻra, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxs muassasa tibbiyot xodimlariga kameralarni har kungi koʻzdan kechirish vaqtida, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan hollarda esa, istalgan xodimga tibbiy yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qilishi mumkin. Bunda shaxsga zarur tibbiy yordam koʻrsatilishi shart.
Tibbiy yordam koʻrsatishda qoʻshimcha tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilishi mumkin.
Shifokor shaxsga statsionar sharoitda tibbiy yordam koʻrsatilishi lozimligi toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, u shaxsni davlat sogʻliqni saqlash muassasasining maxsus xonasiga joylashtirish choralarini koʻradi.
Maxsus xona nizomda koʻrsatilgan talablarga javob berishi va tegishli jihozlar, buyum va ashyolar bilan jihozlangan boʻlishi kerak
Shaxsni tibbiy koʻrikdan, shuningdek, diagnostika va davolash standartlari asosida instrumental va laborator tekshiruvlardan oʻtkazish hamda davlat sogʻliqni saqlash muassasasining maxsus xonasida tibbiy yordam koʻrsatish ichki ishlar organlari xodimlari nazorati ostida amalga oshirilishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»