23:30 / 06.03.2019
3 661

Oʻzbekistonda Erkaklar qoʻmitasini tuzish taklif qilindi

Oʻzbekistonda Erkaklar qoʻmitasini tuzish taklif qilindi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan “Oila ensiklopediyasi” hamda “Xotin-qizlar ensiklopediyasi” kitoblarining taqdimotida Jamila Shermuhammedova Erkaklar qoʻmitasini tuzish taklifi bilan chiqdi.

Quyida uning soʻzlarini toʻliq keltiramiz: "Oilaviy ajrimlar haqida gapirganda, respublikamizdagi koʻrsatkichlarni Yevropa davlatlaridagi bilan taqqoslash, oʻzimizni ovutish, maqtash, ayblarimizni xaspoʻshlash toʻgʻri emas. Muammolarning ichiga kirib borishimiz kerak. Ajrimlarning sabablarini aniqlashimiz, shu boʻyicha choralar koʻrishimiz lozim. Bizda oila milliy qadriyatlar va sharqona madaniyat poydevoriga quriladi. Aynan mazkur aqidalar bilan sugʻorilgan kitoblarni koʻpaytirishimiz kerak.

Mening takliflarim bor: kelinglar, “Erkaklar ensiklopediyasi”ni yarataylik. Oilada erkakning, otaning oʻrnini koʻtarmas ekanmiz, u haqda kitoblar yozib, maqomini ulugʻlamas ekanmiz, oila mexanizmidagi ayrim elementlar yaxshi ishlamaydi, ajrimlar soni ortaveradi. Yoshlarga bolaligidan oilada oʻgʻillik burchi, otalik vazifalari, erlik masʼuliyati haqida bilim berish zarur. Bu hayot-mamot masalasi. Men hatto Oʻzbekiston Erkaklar qoʻmitasini tuzish taklifi ham jiddiy oʻylab koʻrishga arziydi deb hisoblayman" dedi u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda Erkaklar qoʻmitasini tuzish taklif qilindi