15:10 / 07.03.2019
13 533

Ichki ishlar vaziri va Bosh prokuror oʻzgarishi kutilmoqda

Ichki ishlar vaziri va Bosh prokuror oʻzgarishi kutilmoqda
Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura rahbariyatida kadrlar oʻzgarishi kutilmoqda. Vazir Poʻlat Bobojonov boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan uning oʻrniga bir necha nomzod koʻrib chiqilmoqda, deb yozadi Minbar nashri.

Minbarning Ichki ishlar tizimidagi manbalarining aytishicha, vazir lavozimiga tayinlanishi ehtimoli eng katta nomzodlardan biri hozir Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasini boshqarayotgan general-mayor Gʻayrat Qodirovdir. IIV matbuot xizmati hozircha ushbu maʼlumotni tasdiqlamadi.

Gʻayrat Qodirov militsiyadan chiqqan kadr boʻlib, Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari va Toshkent shahar IIBB boshligʻi lavozimlarida ham ishlagan.

Prokuraturadan chiqqan Poʻlat Bobojonov katta ehtimol bilan yana Bosh prokuraturaga qaytishi kutilmoqda. U Otabek Murodovning oʻrniga Oʻzbekiston Bosh prokurori etib tayinlanganligi haqida maʼlumot bor. Hozircha bu maʼlumotni na Bosh prokuratura, na IIV matbuot xizmati tasdiqladi.

Poʻlat Bobojonov 2017 yil sentyabrda Ichki ishlar vaziri boʻlgan. Ungacha Xorazm viloyati hokimi (2012-2017), Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori (2006-2012), Bosh prokuratura huzuridagi departament boshligʻi (2005-2006), Bosh prokuror oʻrinbosari (2000-2005) sifatida ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar vaziri va Bosh prokuror oʻzgarishi kutilmoqda