21:41 / 08.03.2019
9 095

Gulnora Karimova koloniyada qancha vaqt boʻladi?

Gulnora Karimova koloniyada qancha vaqt boʻladi?
Avval saytimizda maʼlum qilganimizdek, G. Karimovaga agar ozodlikni cheklash jazosini oʻtashni qoʻpol ravishda buzish, shuningdek, sud tomonidan unga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmay qolgan qismini boshqa jazo turlariga almashtirishi mumkinligi tushuntirilgan. Ammo, G. Karimova jazoni oʻtash davrida sud tomonidan belgilangan cheklovlarni tizimli ravishda buzib, majburiyatlarini bajarmay kelgan.

Kun.uzda maʼlum qilinishicha, jazoni oʻtash tartibi va shartlarini qasddan buzgan Gulnora Karimova endi unga nisbatan tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan muddatini - 4 yildan ortiqroq muddatni umumiy tartibli koloniyada oʻtaydi.

Imon esa “Ayni paytda u qayerda ekanligini va unga nima qilganligini hech kim bilmaydi, ammo Shveysariyadagi advokatlar va prokurorlar xabardor qilingan va ular choralar koʻrmoqda”, — deb yozmoqda.

Shuningdek, Karimovaning Jenevadagi advokati Greguar Manja oʻz tvitteri orqali nufuzli nashrlarga murojaat qilib, holatga eʼtibor qaratishlarini soʻragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimova koloniyada qancha vaqt boʻladi?