09:38 / 09.03.2019
3 575

Rossiyalik mehmonlar Samarqand shahrini ziyorat qilishdi (foto)

Rossiyalik mehmonlar Samarqand shahrini ziyorat qilishdi (foto)
Oʻzbekistonda mehmon boʻlib turgan Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasi hamraisi, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin boshchiligidagi delegatsiya 8 mart kuni Samarqandga keldi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Samarqand temiryoʻl vokzalida mehmonlarni viloyat hokimi E.Turimov kutib oldi.

Delegatsiya aʼzolari Samarqand bilan tanishuvni Amir Temur maqbarasidan boshladi. Bu yerda buyuk jahongirning davlatchilik siyosati, shavkatli yurishlari hamda ilm-fan, madaniyat homiysi sifatida amalga oshirgan ishlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Foto: OʻzA
Dunyoga mashhur Registon maydoni, bir necha din vakillari ziyorat qiladigan Xoʻja Doniyor majmuasi va boshqa tarixiy obidalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Foto: OʻzA

Foto: OʻzA

Foto: OʻzA

Maksim Oreshkin Samarqand dunyoning eng qadimiy va goʻzal shaharlaridan biri ekanligini taʼkidlab, bu yerda ajdodlardan meros tarixiy-madaniy obidalarni asrab-avaylash, keyingi yillarda shaharda turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyalik mehmonlar Samarqand shahrini ziyorat qilishdi (foto)
[/banner_pushhouse