9 mart kuni Namanganda Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi chogʻida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratilgan qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Nampravda xabariga koʻra, Namangandagi Adiblar xiyobonida “Namanganni eng kitobxon viloyatga aylantiramiz” nomli yirik tadbirga start berildi. Tantanali marosimda davlat va jamoat arboblari, viloyat rahbarlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, viloyatning iqtidorli hamda faol yoshlari ishtirok etdi.
Foto: Nampravda
“Bu yil bizga 1 millionta kitob sovgʻa qilinadi. Bepul. Viloyatdagi sport maktablariga jihozlar, musiqa va sanʼat maktablariga yangi musiqa asboblari taqdim etiladi”, - dedi Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari Paxriddin Matkarimov.
Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Farhod Mahmudov viloyat hokimi oʻrinbosariga Namangan 1 millionta kitobni sovgʻa sifatida qabul qilib olishi toʻgʻrisidagi sertifikatni topshirdi.
25 ming nusxadagi badiiy adabiyotlarning birinchi partiyasi allaqachon Namanganga yetib kelgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va yoshlar ittifoqi ularni maktab kutubxonalariga topshiradilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi