Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi.
Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi xabar qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan, Eshmatov Srojiddin Togʻaymurodovich Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan.
U bu lavozimda Shavkat Jumaqulovich Rahimov oʻrnida ish boshlaydi.
Srojiddin Eshmatov 1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini, 1999 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1992 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob shahar davlat soliq inspeksiyasida inspektorlik lavozimidan boshlab, 27 yillik faoliyati davomida viloyat davlat soliq xizmati organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bundan avvalroq, Toshkent viloyati soliq boshqarmasida rahbar oʻzgargani, Kahramon Xoʻjayev oʻrniga Abdujalil Kurbanov yangi boshliq etib tayinlangani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring