21:13 / 11.03.2019
3 326

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi “yashil yoʻlak”lar soni 11 taga yetdi

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi “yashil yoʻlak”lar soni 11 taga yetdi
Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida qishloq xoʻjaligi boʻyicha Oʻzbekiston — Rossiya ishchi guruhining III yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Rossiya delegatsiyasiga qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Sergey Levin boshchilik qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi sheriklik masalalarini muhokama qilishdi, agrosanoat sohasidagi oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Rossiya tomoni ikki mamlakat oʻrtasida mavjud boʻlgan “yashil yoʻlak”larga yana 4 ta punkt qoʻshilib, ularning umumiy soni 11 taga yetganini maʼlum qildi. Endi soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiruvi Astraxan, Dzerjinsk, Sankt-Peterburg va Kolomna punktlarida ham qoʻllaniladi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida fitosanitariya nazoratidan oʻtkazishni yanada soddalashtirish maqsadida ikki davlatning tartibga soluvchi organlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyishga qaror qilindi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish yoʻlidagi istiqbolli loyihalardan biri bu ikki davlat viloyat va oblastlarida Ulgurji savdo markazlarini tashkil etish bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan markazlarga “Rosagromarkaz”ni integratsiya qilishga Rossiya tomoni tayyor ekanligini bildirdi. Bu esa yurtimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita Rossiyaning ulgurji bozorlariga yetkazish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi “yashil yoʻlak”lar soni 11 taga yetdi