10:13 / 12.03.2019
13 064

Muqaddas Saʼdullayeva xijobga kirdimi?

Muqaddas Saʼdullayeva xijobga kirdimi?
Taniqli aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva bu gal instagram sahifasida butkul boshqacha qiyofada tushgan suratini joylashtirdi. Unda aktrisa islomiy zaifalarga xos ravishda juda yopiq kiyingan va boshiga xijobli roʻmol oʻragan holda gavdalangan.

Bu kiyim unga juda yarashganini alohida eʼtirof etish lozim. Biroq muxlislarga mazkur surat ham unchalik yoqib tushmadi. Nega yoqinqiramaganini Muqaddasning qoldirgan postidan ham bilib olish mumkin.

— Baʼzi bir sanʼatkorlar ochiq-sochiq kiyinsa, yosh avlodga namunasizlar, uyatmasmi shunday kiyinish, deyishadi. Mana bunday koʻrinishda boʻlib, model sifatida yaxshi dizaynerning yopiq kiyimlarini ayollarimizga targʻib etsa, shuni ham gapirasizlar, bu kiyimlar oʻyinchoqmas deb! Vo ajab, nima boʻlyapti insoniyatga!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muqaddas Saʼdullayeva xijobga kirdimi?