Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAAga tashrif bilan boradi. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari Elyor Gʻaniyev Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning uchinchi yigʻilishi vaqtida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
“Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAAga rasmiy tashrifiga alohida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ishonchim komilki, tashrif tarixiy qadamga aylanadi. Biz BAA bilan har tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Davlatlarimiz oʻrtasida oʻzaro mahsulot ayirboshlash hajmini oshirish hamda tarkibini diversifikatsiya qilish uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjud boʻlsa-da, hozirgi kundagi savdo aylanmasi bunga mos kelmaydi”, - dedi E.Gʻaniyev.
“Men mehmondoʻstlik uchun juda minnatdorman. Biz Oʻzbekiston prezidentining BAAga tashrifini intiqlik bilan kutyapmiz, u shu oyning 25 sanasida roʻy beradi”, - deya aytib oʻtgan BAA Iqtisodiyot vaziri, komissiyaning Amirliklar tomonidan hamraisi Sulton al-Mansuriy.
Yigʻilish kun tartibiga binoan oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari, jumladan ikki tomonlama savdo hajmini oshirish boʻyicha takliflar, qishloq xoʻjaligi, turizm, kichik va oʻrta biznes, moliya, fuqaro aviatsiyasi, sanoat va madaniyat sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi