08:30 / 13.03.2019
4 994

Rossiya aviakompaniyasi Oʻzbekistondan samolyot sotib olmoqchi

Rossiya aviakompaniyasi Oʻzbekistondan samolyot sotib olmoqchi
Rossiyaning “Yakutiya” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga Il-114-100 rusumidagi oltita samolyotni sotib olishni taklif qildi. Ularning qiymati trenajyorlar, qoʻshimcha asbob-uskunalar va ehtiyot qismlari bilan birgalikda 50 million dollarni tashkil etadi.

“Yakutiya” mansabdorlar va senatorlarni ushbu xaridni qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan. Bu haqda aviakompaniya rahbari Vladimir Gorbunov maʼlumotiga tayanib TASS xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, Il-114-100 rusumidagi oltita samolyotga Kanadada ishlab chiqarilgan va ayni paytga kelib ishlatilmay yotgan dvigatellar oʻrnatilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, samolyotlarning sotib olinishi 2023 yilgacha Arktika mintaqasiga taʼminotlar uzilib qolmasligida qoʻl keladi. 2023 yildan boshlab esa rus dvigatelli Il-114lar paydo boʻladi.

“Oʻzbekistonda Pratt & Whitney firmasi dvigatellari oʻrnatilgan oltita Il-114-100 samolyoti bor. Krasnoyarskning “KrasAvia” aviakompaniyasi bilan biz uchtasini ololamiz. Va ikkita hududga ushbu samolyotda uchishni oʻrgatamiz”, - dedi Gorbunov.

U gap davlat tomonidan subsidiyalanuvchi lizing kompaniyasi tomonidan samolyotlar xarid qilinishi va kelgusida ular foydalanishga topshirilishi haqida ketayotganini aytib oʻtgan.

Samolyotlarning qiymati trenajyorlar, qoʻshimcha asbob-uskunalar va ehtiyot qismlari bilan birgalikda 50 million dollarni tashkil etadi.

Gorbunovning qayd etishicha, Oʻzbekistonning Il-114-100 samolyotlari 2006-2013 yillar davomida ishlab chiqarilgan va oʻtgan yildan boshlab ulardan foydalanilmayapti. Chunki yoʻlovchilar oqimining koʻpayishi sabab ular A320ga almashtirilgan.

“Bu Rossiyaning tur sertifikatiga ega Rossiya samolyotlaridir. Ularni shunchaki sotib olish va nazorat ostidagi foydalanuvga topshirish lozim. Agar ular Yoqutistonda uchsa, unda barcha joyda ucha oladi”, - dedi Gorbunov. Uning fikricha, bu Il-114−300 yetkazib berilishi boshlanishida roʻy berishi mumkin boʻlgan koʻplab “bolalik kasalliklari”dan qutqaradi.

Il-114−300 sobiq ittifoq davridagi Il-114 samolyotining chuqur modernizatsiyasi hisoblanadi. U yoʻlak qoplamasi beton va qattiq tuproqqa ega boʻlmagan aeroportlarda foydalanishga moʻljallangan. Bu esa uni qoʻllash doirasini kengaytiradi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil may oyidan boshlab “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Il-114-100 samolyotlar ekspluatatsiyasini toʻxtatgandi. Shundan soʻng MAK ushbu samolyotlarni sotuvga qoʻygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya aviakompaniyasi Oʻzbekistondan samolyot sotib olmoqchi