17:39 / 13.03.2019
6 932

Jamshid Kenjayev ishi boʻyicha ayblanuvchilarga hukm chiqarildi

Jamshid Kenjayev ishi boʻyicha ayblanuvchilarga hukm chiqarildi
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida sportchi Jamshid Kenjayevning tungi klubda oʻldirilishi bilan bogʻliq voqea yuzasidan sud jarayoni yakunlandi.

Kun.uz nashrining xabar berishicha, sud majlisida raislik qilgan sudya Sarvar Karimov ayblanuvchilarga hukm chiqardi.

Xususan, Shodali Qilichov (1989 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlangan) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtashi belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, Saidazim Kamoldinov (1994 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlanmagan), Alijon Hamrayev (1982 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlangan) va Jahongir Yorqulov(1992 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlanmagan) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Yuqoridagi uch nafar shaxsning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil-koloniyada oʻtash belgilandi.

Kun.uz muxbiri xabariga koʻra, manfaatdor tomonlarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jamshid Kenjayev ishi boʻyicha ayblanuvchilarga hukm chiqarildi