23:50 / 13.03.2019
4 486

Yoʻl harakati qoidasi buzilishi uchun qoʻllangan jarimaning 10%i YPX xodimlariga beriladi

Yoʻl harakati qoidasi buzilishi uchun qoʻllangan jarimaning 10%i YPX xodimlariga beriladi
Hukumatning ichki ishlar organlari xodimlarini ragʻbatlantirishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining 45 foizi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi. Ilgari bu qiymat jarimalarning 55 foizini tashkil etgan.

Jarimalar summasining 10 foizi esa Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.

Qonunchilikka muvofiq, qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlardan lavozim maoshining 50 foizgacha jarima solinadi.
Kiritilgan qoʻshimchalar bilan mazkur jarima mablagʻlari Ichki ishlar vazirligi ixtiyorida qoldirilishi belgilandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoʻl harakati qoidasi buzilishi uchun qoʻllangan jarimaning 10%i YPX xodimlariga beriladi