09:51 / 14.03.2019
3 255

Markaziy Osiyo – bu terra inkognita, dunyoga hanuz ochilmagan, noyob narsalar bilan toʻldirilgan sehrli sandiq

Markaziy Osiyo – bu terra inkognita, dunyoga hanuz ochilmagan, noyob narsalar bilan toʻldirilgan sehrli sandiq
Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan “Zamonaviy sanʼatlar Markazi”ga start beradigan loyiha ishga tushirildi.

13 apreldan 1 iyungacha boʻlib oʻtadigan ushbu keng koʻlamli loyiha koʻrgazma ochilishini, spektakl namoyishini, maʼruza va seminarlar oʻtkazilishini, kino namoyishlarini hamda xalqaro mehmonlar ishtirokidagi bolalar va oilaviy ijod ustaxonalarni oʻz ichiga oladi. Aytib oʻtilgan tadbirlar ichida oʻzbek rejissyori va video-tasvirchi Saodat Ismoilovaning “Qirq qiz” deb nomlangan musiqali spektakliga alohida eʼtibor qaratilgan . Bu spektaklni jamgʻarma Aga Khan Trust for Culture xalqaro jamgʻarmasi bilan birgalikda, 2019 yilning 16 va 17 aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida taqdim etadi.

“Qirq qiz” qahramonlik eposi- qoraqalpoq xalqining adabiy obrazi boʻlib hisoblanadi. Bu 2000 yillik tarixga ega boʻlgan koʻp qirrali va koʻp qatlamli tarixiy va etnografik yodgorlikdir. Ushbu videorolik Qoraqalpogʻistonda, shuningdek, Toshkentning eng qadimgi Azlarxon eshon masjidida suratga olingan. Bir yarim soatlik postanovka qoraqalpoq eposining tarixini musiqiy va badiiy-abstarktiv shaklda fragmentar rekonstruksiya qiladi. Postanovka ustidagi ishlarda 20dan ortiq badiiy filmlar musiqasining muallifi, bir necha xalqaro festivallar mukofotlari sovrindori, bastkaor Dmitriy Yanov-Yanovskiy ishtirok etgan.

Spektaklda Markaziy Osiyo vokal sanʼatining mumtoz maktablari: oʻzbek xalq tanovari, dostonlari, Qoraqalpogʻiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston xalq tomoq qoʻshigʻi (jir) va choʻzib aytishni namoyish etadigan turli xalq musiqiy asboblar ishtirok etadi. “Qirq qiz” - bu rejissyorning Markaziy Osiyodagi turli xil vokal va musiqiy tajribasini hamda ayollarning maftunkor kuylarini mujassamlashtirishga, mintaqaning yaxlitligini namoyish etishga qaratilgan urinishdir. Bundan ilgari spektakl Nyu-York shahrining VAM (Brooklyn Academy of Music) teatrida va Parijda, Branli sohilida, Jak Shirak Jamgʻarmasining Klod Levi- Stross teatrida namoyish etilgan.

Saodat Ismoilova – mualliflik asarlari oʻzining noyob va takrorlanmasligi, oʻzgacha dunyoqarashi bilan keng miqyosda xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlgan oʻzbek videotasvirchisi va rejissyori.

“Markaziy Osiyo – bu terra inkognita, dunyoga hanuz ochilmagan, noyob narsalar bilan toʻldirilgan sehrli sandiq boʻlib, uning tubidan oʻz vaqtida chiqib ulgʻaygan buyuk madaniyatlar dunyoga dong taratgan, turli xalqlar, diniy qarashlar va madaniyatlar beshigiga aylangan. Bu madaniyat mening ishongan togʻim, mening kuch-gʻayratim, mening menligimdir. Bu tuproqlar shunday buyuk shijoat, shunday buyuk ijod manbalariga boyki, kelajak avlodlar uchun gʻam ilhom chashmasi boʻlib xizmat qiladi” -deydi S. Ismoilova oʻz loyihalari haqida.

“Qirq qiz” musiqiy spektakli Toshkentda ilk bor taqdim etiladi va tomoshabinlarni Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston musiqiy madaniyati bilan yaqindan tanishtiradi. Barcha tomoshabinlarni bir yarim soatlik jonli yangraydigan musiqa bilan kuzatiladigan qiziqarli film namoyishi kutmoqda. Spektakl chiptalari 2019 yil 12 martdan boshlab Alisher Navoiy teatri kassasida, savdo ofislarida va Iticket.uz. elektron portalida sotiladi.

18 aprel kuni bolalar, talabalar va sanʼat ixlosmandlari uchun taʼlim tadbirlari tashkil etiladi. Tadbirlar dasturlari Saodat Ismoilova va uning hamkorlari bilan birgalikda Jamgʻarma jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. 5 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun Markaz zallarida interfaol ustaxonalar tashkil etilib, barcha mashgʻulotlar Saodat Ismoilova va Teodor Levin (AQSH) tomonidan oʻtkaziladi. Shuningdek, Zamonaviy sanʼatlar markazi binosida Markaziy Osiyoning musiqiy sanʼatining noyobligiga bagʻishlangan turli maʼruzalar va seminarlar oʻtkaziladi.

Maʼruzachilar sifatida Saodat Ismoilova, Teodor Levin va Dmitriy Yanov-Yanovskiy, shuningdek “Qirq qiz” spektaklining musiqachilari soʻzga chiqadi.

Barcha ommaviy taʼlim tadbirlarda qatnashish Zamonaviy sanʼatlar markazi saytida oldindan roʻyxatga turish orqali amalga oshirilib,kirish erkin va bepul boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo – bu terra inkognita, dunyoga hanuz ochilmagan, noyob narsalar bilan toʻldirilgan sehrli sandiq