13:06 / 14.03.2019
4 655

Shaxta orqali chiqib hojatxonadan kirgan oʻgʻri...

Shaxta orqali chiqib hojatxonadan kirgan oʻgʻri...
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar Chilonzor tumanida 12 mart kuni oʻgʻrilik sodir etildi. Qiziq tomoni, oʻgʻrilar hojatxona orqali xonadonga kirishga muvaffaq boʻlgan.

Jinoyat soat 08.00 dan 16.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida sodir etilgan va 28 yoshli Zilolo X. xonadonidan 500 ming soʻm pul hamda 32 dyuymli televizor oʻgʻirlangan. Oʻgʻrilar shundan soʻng yana qayta hojatxona orqali chiqib ketishgan.

Ayni vaqtda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, gumondor shaxslarni qoʻlga olish ishlari olib borilmoqda. Oʻz navbatida Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati koʻpqavatli uylarda istiqomat qiladigan fuqarolarga murojaat qiladi va yertoʻla eshiklarini muntazam ravishda yopib yurishni soʻraydi. Shu bilan birgalikda xonadon ichidan oʻtgan shaxta eshiklariga hushyor boʻlishlari tavsiya etiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shaxta orqali chiqib hojatxonadan kirgan oʻgʻri...