13:44 / 15.03.2019
8 159

Oʻzbekistonliklar Navroʻz bayrami munosabati bilan necha kun dam olishadi?

Oʻzbekistonliklar Navroʻz bayrami munosabati bilan necha kun dam olishadi?
Navroʻz bayrami munosabati bilan bu yil haftasiga 5 kun ishlovchi oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

Prezidentning 2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli Farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanib, dam olish kunlari koʻchirilgan edi.

Quyida bayram arafasidagi dam olish kunlari haqidagi maʼlumot keltiriladi.
Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:
21 mart – payshanba (Navroʻz bayrami);
22 mart – juma (qoʻshimcha dam olish kuni);
23 mart – shanba;
24 mart – yakshanba.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
21 mart – payshanba (Navroʻz bayrami);
22 mart – juma (qoʻshimcha dam olish kuni);
24 mart – yakshanba.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 23 mart (shanba) kuni ishga chiqishlari lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonliklar Navroʻz bayrami munosabati bilan necha kun dam olishadi?