16:53 / 15.03.2019
3 652

Germaniya elchixonasi Zeromax qarzlari bilan bogʻliq masala hal qilinganini aytdi

Germaniya elchixonasi Zeromax qarzlari bilan bogʻliq masala hal qilinganini aytdi
Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni va Forumlar saroyi qurilishida ishtirok etgan nemis kompaniyalari oldidagi qarz masalasi hal qilindi. Bu haqda Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Gyunter Overfeld aytib oʻtdi.

Obyektlar qurilishi buyurtmachisi Zeromax kompaniyasi boʻlgan. 2010 yilda u bankrot boʻlib, oʻzidan keyin katta miqdorda qarzlar qoldirdi. Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida bu masala Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil yanvar oyida Germaniyaga tashrifi doirasida koʻrib chiqilgani haqida xabarlar paydo boʻldi.

“Bu masala barcha manfaatdor tomonlar bilan hal qilindi. Masala kun tartibidan olindi va ijobiy yechim topdi”, - dedi elchi Kun.uz muxbirining savoliga javob qaytarib. Shu bilan birga, u tomonlar kelishuvga qanday erishganiga aniqlik kiritmadi.

Elchining taʼkidlashicha, hamma “ushbu qarordan mamnun kayfiyatda”.

Bundan oldin, oʻn yil davomida oʻz pullarini ololmagan 24ta nemis kompaniyasi vakili Valdemar Kisner “Ozodlik”ga “qarzlar” muammosi ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarga soya solmasligi lozimligini maʼlum qilgandi.

“Umumiy qarz 130 million yevro emas, balki 72 million yevroni tashkil etadi. Ulardan 60 millioni Forumlar saroyi va 10 millioni «Bunyodkor” stadioni uchun moʻljallangan. Ushbu obyektlarni qurish uchun biz Oʻzbekiston hukumati bilan emas, balki 2009 yilda Shveysariyada Zeromax kompaniyasi bilan shartnoma tuzganmiz. Zeromax rahbari hibsga olindi va 24 nemis kompaniyasi pullarini toʻlay olmadi», - dedi germaniyalik tadbirkor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniya elchixonasi Zeromax qarzlari bilan bogʻliq masala hal qilinganini aytdi