19:02 / 15.03.2019
12 762

Jizzaxda mashhur boʻlgan folbin ayolning sirlari fosh boʻldi

Jizzaxda mashhur boʻlgan folbin ayolning sirlari fosh boʻldi
Fuqarolarni soddaligidan foydalanib, ularga baxtini ochish, kelajagi haqida bashorat qilib fol ochish va shu kabi aldov ishlari bilan turli viloyatlarda shugʻullangani uchun muqaddam besh marta sudlangan Gulnora Alimardonova (ism sharifi oʻzgartirilgan) yana firibgarlik jinoyatiga qoʻl urgan.

Gulnora Alimardonova aldash yoki ishonchni suisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida Sharof Rashidov tumanida yashovchi Hoshimova Muniraga (ism sharifi oʻzgartirilgan) oʻzini “eskicha”dan xabari borligini, “baxti bogʻlanib, kimdir sizni qattiq oʻqitgan, men sizni yoʻlingizni va baxtingizni ochishga oʻqiyman, shundan keyin baxtingiz ochilib yaxshi joyga kelin boʻlasiz, menga shunday ayon beryapti, meni oʻqishim uchun, avvalo, kattaroq miqdorda pul berasiz” deb uning ishonchiga kirgan.

Soʻng Hoshimova Muniradan 350 dollar, 1160000 soʻm pul, narxi 1320000 soʻm boʻlgan 6 grammlik tilla uzuk, narxi 1980000 soʻm boʻlgan 9 grammlik tilla brasletni, bahosi 900 ming soʻm boʻlgan bir dona “chayka” nomli tikuv mashinasini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, oʻzining ehtiyojlari uchun sarf qilib yuborgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudi Gulnora Alimardonovani yuqoridagi harakatlari uchun JK 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topib, besh yil ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Maqsud Raimov
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzachoʻl tuman sudi sudyasi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda mashhur boʻlgan folbin ayolning sirlari fosh boʻldi