Joriy yilning 14 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga koʻra, Yunusobod tumanida yashovchi K.A. va Shayxontohur tumanida yashovchi T.J. fuqaro M.R.ga Chilonzor tumanidagi “Flamingo” restorani oldidagi boʻsh yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni vaʼda qilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, ular 2017 yil sentabr oyidan 2018 yil noyabr oyigacha boʻlgan vaqt oraligʻida undan 540 000 AQSH dollarini olib, bergan vaʼdasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermaganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, K.A. va T.J.lar qoʻlga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi