08:10 / 18.03.2019
5 511

Samarqand viloyatida koʻpkari musobaqasi gʻolibi Lacetti avtomobilini qoʻlga kiritdi (foto)

Samarqand viloyatida koʻpkari musobaqasi gʻolibi Lacetti avtomobilini qoʻlga kiritdi (foto)
Foto: OʻzA
Samarqandning Jomboy tumanida koʻpkari boʻyicha jahon chempionati musobaqalari oʻtkazildi, deb yozadi OʻzA. Oʻzbekiston va Qozogʻiston chavandozlari oʻrtasidagi musobaqada 3:2 hisobida mahalliy polvonlar gʻolib boʻldi.

Samarqanddagi xalqaro uloq koʻpkari musobaqasida jizzaxlik polvon Orif Shodiyorov bosh sovrin — Chevrolet Lacetti avtomobilini qoʻlga kiritdi.

Foto: OʻzA
Polvon ushbu yutuqqa payariqlik Elyor Boymatovning “Pantera” laqabli qorabayir otida sazovor boʻldi.

Foto: OʻzA
Musobaqada chavandozlar 50 dan ortiq tuya va toy, shuningdek, gilam, televizor, muzlatgich kabi qimmatbaho buyumlar va pul mukofotlari uchun bellashdi. Bosh sovrin viloyat hokimligi tomonidan taqdim etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand viloyatida koʻpkari musobaqasi gʻolibi Lacetti avtomobilini qoʻlga kiritdi (foto)