09:53 / 18.03.2019
3 551

Londonda Soliq qoʻmitasi raisi nomidan Facebookʻda soxta akkaunt ochilgan

Londonda Soliq qoʻmitasi raisi nomidan Facebookʻda soxta akkaunt ochilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev nomidan yuritilayotgan Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi soxta akkaunt ochish uchun Buyuk Britaniyaning London shahrida roʻyxatdan oʻtgan telefon raqami ishlatilgan. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar tarqatdi.

“Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev nomidan Facebook ijtimoiy tarmogʻida yaratilgan soxta akkauntlarni oʻrganish davomida, ularni qayd etish uchun Buyuk Britaniya poytaxti – Londonda roʻyxatga olingan telefon raqamlari koʻrsatilgani aniqlandi. Shu munosabat bilan, DSQ rahbariyati Facebookʻka murojaat qilib, ularning obroʻ va ishchanligiga putur yetkazayotgan soxta akkauntlarni yopishni soʻradi”, — deyiladi xabarda.

Qoʻmita xabariga koʻra, Facebook ijtimoiy tarmogʻida qoʻmita rahbari nomidan soxta akkaunt faol ravishda turli izoh va postlar qoldirmoqda. Aslida Musayev tarmoqda roʻyxatdan oʻtmagani bildirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Londonda Soliq qoʻmitasi raisi nomidan Facebookʻda soxta akkaunt ochilgan