07:17 / 20.03.2019
6 307

Biron yurtdoshimiz boshqa bir davlatga mehmon boʻlib borsa, mezbonga munosib sovgʻa sifatida nima olib boradi? Albatta, oʻzbekcha toʻn bilan doʻppi. Ayol kishiga Margʻilon atlasi yoki yurtimizning tarixiy ramzi tushirilgan biron esdalik buyum boʻli

Biron yurtdoshimiz boshqa bir davlatga mehmon boʻlib borsa, mezbonga munosib sovgʻa sifatida nima olib boradi?  Albatta, oʻzbekcha toʻn bilan doʻppi. Ayol kishiga Margʻilon atlasi yoki yurtimizning tarixiy ramzi tushirilgan biron esdalik buyum boʻli
Biron yurtdoshimiz boshqa bir davlatga mehmon boʻlib borsa, mezbonga munosib sovgʻa sifatida nima olib boradi?
Albatta, oʻzbekcha toʻn bilan doʻppi. Ayol kishiga Margʻilon atlasi yoki yurtimizning tarixiy ramzi tushirilgan biron esdalik buyum boʻlishi ham mumkin. Jillaqursa, mozorbosti qilib ikkita Samarqand noni koʻtarib boradi.

Oʻylab qarasak, insonning dunyoqarashi kimga nimani ilinishida ham aks etar ekan. Shu kunlarda yurtimizda mehmon boʻlib turgan yaponiyalik dunyoga mashhur turkolog olim, Tokio universiteti professori Xisao Komatsuning Oʻzbekistonga sovgʻasi haqida eshitib, shunday toʻxtamga keldik.

— Oʻzbek tilida uncha ravon gapira olmayman, — deydi olim biz bilan suhbatda kamtarlik bilan. — Yoshligimizda bu yerlarga kelish, shu yerda oʻqib, til oʻrganishga imkonimiz boʻlmagan. U paytlardagi vaziyat shunday edi. Soʻng turli qoʻllanmalar asosida oʻzbek tilini mustaqil oʻrganishga kirishdim. Hozir esa, ilmiy aloqalarga alohida eʼtibor berilyapti. Shu bois men oxirgi bir yil ichida Oʻzbekistonga ikkinchi marta kelishga muyassar boʻldim.

— Bugun Yaponiyada oʻzbek tili ham oʻqitiladimi?
— Oʻqitiladi. Yapon talabalari oʻzbek tili va uning qoidalarini oʻrganishi uchun oʻquv qoʻllanmalar tayyorlangan. Shu asosda oliy taʼlim tizimida talabalarga dars beriladi. Bilasiz, yapon va oʻzbek tillari bir-biridan juda katta farq qiladi. Ularning soʻz va gap tuzilishi, grammatikasi, talaffuzi umuman boshqa-boshqa. Lekin talabalarimiz oʻzbek tilini oʻrganib, oʻzbekcha manbalardan bemalol foydalanishyapti. Faqat bizda bitta muammo bor: oʻzbek tilidan yapon oʻqituvchilar dars beradi. Agar oʻzbek oʻqituvchi dars berganida til oʻrganishdagi samaradorlik yanada yuqori boʻlishi aniq.

Turkiy tildagi manbalarni oʻrganish uchun shu tilni bilish hamda shu tilda yozilgan manbalarni oʻqiy olish zarur. Buning uchun uzoq vaqt kerak boʻladi.

— Bizda imlo yaqinda yana isloh qilinadi. Bunga olim sifatida sizning munosabatingiz qanday?
— Men buni eshitib juda hayron boʻldim. Turkiy xalqlarning tili va yozuvi bir-biridan uzoqligi meni taajjublantiradi.

— Oʻzbekistonga oʻz shaxsiy kutubxonangizdan 150 ta kitob sovgʻa qilibsiz, deb eshitdik. Shu rostmi?
— Ha, oʻzbekistonlik talabalar va tadqiqotchi olimlar foydalanishi uchun shunday qildim. Ular Yaponiyada va boshqa davlatlarda nashr etilgan turkiy xalqlar tarixi va madaniyati bilan bogʻliq besh tildagi bebaho manbalar.

Men uchun har bir kitob bebaho. Kitobga qoʻyilayotgan narx bu — ramziy. U kitobning qogʻoz va nashr ishlari uchun shartli ravishda belgilanadi. Lekin kitobning qanchalik bebaholigini uni oʻqib, undan behisob foyda topa olgan kishigina biladi.

Hozirda olim Xisao Komatsu Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida talaba va oʻqituvchilar uchun maʼruzalar olib bormoqda. Maʼruzalarda turkiy xalqlar tarixi, adabiyoti va madaniyatini oʻrganishning eng muhim va dolzarb jihatlari haqida ilmiy bahs-mulohazalar yuritiladi.

Manba: “Oila davrasida”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Biron yurtdoshimiz boshqa bir davlatga mehmon boʻlib borsa, mezbonga munosib sovgʻa sifatida nima olib boradi? Albatta, oʻzbekcha toʻn bilan doʻppi. Ayol kishiga Margʻilon atlasi yoki yurtimizning tarixiy ramzi tushirilgan biron esdalik buyum boʻli