17:27 / 18.03.2019
16 798

Ichki ishlar organlari xodimlari uchun yangi formalar (foto)

Ichki ishlar organlari xodimlari uchun yangi formalar (foto)
USUR Technical Textile & Investment kompaniyasi Kun.uzʻga ichki ishlar organlari xodimlari uchun tayyorlangan yangi formalar katalogini taqdim etdi.

Kompaniya vakili Oybek Kurbanovning aytishicha, yangi formalar dizayni Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

“2017 yilda Oʻzbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari uchun yangi koʻrinishdagi formalar tayyorlash ehtiyoji paydo boʻldi. Turkiya prezidentining ushbu mamlakatga tashrifidan keyin, Oʻzbekiston bu boʻyicha loyihada xorijiy hamkor sifatida shu kompaniyani tanlagandi. Kompaniyani koʻp joylarda bilishadi. Dizaynerlar NASA uchun ham formalar tayyorlaydi”, degan Oybek Kurbanov.

Uning qayd etishicha, dizayn ishlab chiqilishida ham milliy, ham xalqaro standartlar hisobga olingan.

Dizaynerlar klassik, ofis uchun, kamufulyaj va dala hududi uchun ishchi formalar (mavsumlar uchun alohida) tayyorlashgan.




















Bundan oldinroq Toshkent IIBB matbuot xizmati YHXB yoʻl-patrul xizmati inspektorlarining yangi formasi sinovdan oʻtkazilayotgani toʻgʻrisida xabar bergandi.

“YHXB yoʻl-patrul xizmatining ikki inspektori chindan ham yangi formada xizmatni oʻtamoqda. Tajriba davomida xizmat kiyimining chidamliligi, kiyganda va harakatlanishda qulayligi tekshirilmoqda”, — deyiladi IIBB xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, fuqarolar fikrini inobatga olish ham koʻzda tutilgan boʻlib, boshqarma aholiga “Yoʻllardagi huquq-tartibot xodimlari shunday koʻrinishda boʻlishini istaysizmi?” degan savol bilan murojaat etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar organlari xodimlari uchun yangi formalar (foto)