12:53 / 20.03.2019
7 456

Sobiq Bosh prokuror Qodirovning oʻgʻli hamon qidiruvda

Sobiq Bosh prokuror Qodirovning oʻgʻli hamon qidiruvda
Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirovning oʻgʻli Alisherbek Qodirov Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uning shaxsi qidiruvga berilgan.

Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, 1974 yili tugʻilgan Alisherbek Qodirov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) 2-qismi “a” bandi, 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (“Firibgarlik”) 3-qismi “a” bandi, 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanadi.

OAV xabariga koʻra, kichik Qodirov Yevropa davlatlaridan birida, xususan Ispaniyada boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Alisherbekning otasi, 15 yil davomida Bosh prokuraturani boshqargan Rashid Qodirov 2015 yili lavozimidan boʻshatilgandi. U 2018 yil 22 fevralda Toshkent shahrida qoʻlga olingan va tergov figuranti sifatida soʻroq qilingan. Sobiq Bosh prokuror ham turli koʻrinishdagi jinoyatlarni sodir etishda ayblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq Bosh prokuror Qodirovning oʻgʻli hamon qidiruvda