10:39 / 19.03.2019
4 689

Toshkentdagi “Oqlon” mahallasida oltita uy yonib ketdi

Toshkentdagi “Oqlon” mahallasida oltita uy yonib ketdi
Foto: IIV YOXBB
2019 yilning 18 mart kuni soat 11:25da Toshkent shahar IIBB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi Yongʻinni oʻchirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasi, Koʻkcha darvoza tor koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi maʼlum qilishicha, xabar asosida 8 ta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb etilgan. Birinchi boʻlinmalar soat 11:29da voqea joyiga yetib kelgan. Yongʻin soat 12:05da qurshab olingan va soat 12:34da toʻliq bartaraf etilgan.

Yongʻin oqibatida Koʻkcha darvoza tor koʻchalarida joylashgan 4 ta va shu xonadonlarga tutash qurilgan Fuzuliy koʻchasidagi 2 ta xonadonda jami 380 kv metr maydonda tom qismlari va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻindan uylarning jami 500 kv metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻinning taxminiy kelib chiqish sababi Koʻkcha darvoza tor koʻchasidagi 14-xonadonning oshxonasida yogʻni qozonda dogʻlash uchun gaz plitasiga qoʻyib, nazoratsiz qoldirilishi.
Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi “Oqlon” mahallasida oltita uy yonib ketdi