21:00 / 21.03.2019
5 057

Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan hamkorlikda Qumqoʻrgʻon tumanida tezkor tadbir oʻtkazild

Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan hamkorlikda Qumqoʻrgʻon tumanida tezkor tadbir oʻtkazild
Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan hamkorlikda Qumqoʻrgʻon tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Davlat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida, mazkur tumanda harakatlanib kelayotgan Sh.T. ismli shaxsning boshqaruvida boʻlgan traktor toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada, traktor tirkamasiga yuklangan jami 33 qopda “Amiakli selitra” mineral oʻgʻitlarini traktor haydovchisi fuqaro Sh.T. fuqaro A.Sh.dan har bir qopini 95 000 soʻmdan sotib olib oʻz maqsadlari uchun foydalanish maqsadida olib ketayotganligini maʼlum qilgan. Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari tomonidan fuqaro A.Sh.ning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, fuqaroning uyidan har biri 50 kilogrammdan jami 174 qopda “Amiakli selitra” mineral oʻgʻitlarini sotish maqsadida noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi fosh etildi.

Natijada, ushbu ikkala qonunbuzardan 10 tonnadan ortiq “Amiakli selitra” mineral oʻgʻitlari daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan hamkorlikda Qumqoʻrgʻon tumanida tezkor tadbir oʻtkazild