11:43 / 22.03.2019
4 017

Adliya vazirligi oʻz tizimidagi korrupsiyaga qarshi aholi yordamida kurashmoqchi

Adliya vazirligi oʻz tizimidagi korrupsiyaga qarshi aholi yordamida kurashmoqchi
Adliya vazirligi tizimdagi ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida “Ochiq adliya” (“Open Justice”) ijtimoiy dasturini tasdiqlagan.

“Tez surʼatlarda rivojlanib borayotgan dunyo davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligi, ularning fuqarolar bilan interaktiv faoliyatini rivojlantirishni talab etmoqda. Ayniqsa, aholi oʻrtasida internetdan foydalanuvchilar soni koʻpligi va zamonaviy texnologiyalarning ommalashayotganini inobatga olsak, fuqarolar bilan ishlaydigan har bir tashkilot oʻz faoliyatini yangi bosqichga koʻtarishi lozim. Adliya vazirligi “Ochiq adliya” (“Open Justice”) ijtimoiy dasturini qabul qilishidan koʻzlangan maqsad ham aslida shu”, – deyiladi vazirlik tarqatgan axborotda.

“Ochiq adliya” dasturi doirasida:

Jismoniy va yuridik shaxslarga adliya organlari binolarida audio-video yozish moslamalaridan foydalanishga ruxsat berildi.

Notarial idoralar va davlat xizmatlari markazlari xodimlarining oʻz vazifalarini bajarishda yoʻl qoʻyayotgan kamchiliklari ustidan internet orqali tezkor shikoyat berish tizimi yaratiladi.

Vazirlikning “Facebook”dagi “Adliya bilan muloqot” guruhi hamda “Telegram”dagi “Huquqiy axborot” kanalida keng muhokamaga sabab boʻlayotgan qonun hujjatlari loyihalari yuzasidan huquqiy ekspertiza xulosasi joylashtiriladi.

Adliya vazirligi veb-saytida jismoniy va yuridik shaxslar adliya organlariga yuborgan oʻz murojaatlarini kuzatib borishlari mumkin.

Vazirlik oʻz binosidagi xonalarning joylashish strukturasini ham qayta koʻrib chiqqan. Xodimlar keng maydonda bir-birini bemalol kuzata oladigan darajada joylashtirilgan.

Adliya vazirligi va uning tarkibiy boʻlinmalarining moliyaviy faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar vazirlikning veb-saytida eʼlon qilinadi. Bunda xarajatlar, ularning bajarilishi bilan bogʻliq hisobotlar, xarid qilish bilan bogʻliq shartnomalar roʻyxati bilan tanishish mumkin boʻladi.

Adliya organlari har yil yakuni boʻyicha aholiga bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi oʻz tizimidagi korrupsiyaga qarshi aholi yordamida kurashmoqchi