12:33 / 22.03.2019
4 916

Toshkentda piyodalar oʻtish joyini chizish uchun Yevropadan mutaxassislar yollandi

Toshkentda piyodalar oʻtish joyini chizish uchun Yevropadan mutaxassislar yollandi
Toshkent shahar hokimiyati va IIBB hamkorlikda Slovakiyadan yoʻl harakati xavfsizligi mutaxassislarini taklif etishdi. Ular tomonidan 1.14.1 — tartibga solinmaydigan piyodalar yoʻlakchasi uchun oq va qizil ranglardan foydalanish taklif etildi.

Yevropa davlatlarida piyodalar xavfsizligini taʼminlash tajribasi shuni koʻrsatdiki, sariq-oq chiziqlar har doim ham koʻzga tashlanmaydi. Ayniqsa, tungi vaqtlarda koʻrish ancha qiyin. Qizil-oq rang esa haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham birdek koʻrinib turadi.

Oʻzbekistonda qizil-oq rangdagi ilk piyodalar yoʻlakchasi tajriba sifatida Amir Temur xiyobonidagi aylana yoʻlda chizildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda piyodalar oʻtish joyini chizish uchun Yevropadan mutaxassislar yollandi