15:00 / 22.03.2019
5 034

Toshkent xalqaro aeroportida 21 yoshli ayolni fohishalikka yuborayotgan shaxs ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida 21 yoshli ayolni fohishalikka yuborayotgan shaxs ushlandi
Foto: IIV matbuot xizmati
14 mart kuni Ichki ishlar vazirligi hamda Jizzax viloyati IIB tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Toshkent xalqaro aeroportida 35 yoshli N.Sh. BAAning Dubay shahriga 21 yoshli N.J. ismli ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan vaqtida qoʻlga olingan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Surishtiruvda N.Sh. Dubay shahrida qoʻshmachilik bilan shugʻullanuvchi Shaxnoza ismli ayol bilan til biriktirib, uning koʻmagida N.J.ga aviachipta sotib olganligi va N.J. Dubay shahriga yetib borgandan soʻng, avvaliga 3500 AQSH dollari ishlab berishi kerakligi aniqlandi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent xalqaro aeroportida 21 yoshli ayolni fohishalikka yuborayotgan shaxs ushlandi