Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi 25 yoshli Sh.O. oʻzining 3 oylik oʻgʻlini Oʻrta Chirchiq tumanida 8 ming dollarga sotayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi 23 mart kuni tarqatgan axborotga koʻra, ushbu hodisa 18 mart kuni yuz bergan.
“Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Avvalroq Termizda 2-sinfda oʻqiydigan oʻgʻlini 25 million soʻmga sotishga uringan ayol qoʻlga olingani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Xorazmda ikki haftalik chaqaloqni 200 dollarga sotishga uringan hamshira, Sirdaryoda 3 yashar oʻgʻlini 1100 dollarga, Surxondaryoda bir haftalik chaqalogʻini 3,5 million soʻmga baholagan onalar ushlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi