11:43 / 25.03.2019
3 405

Cizlarga yetkazib qoʻyay...

Cizlarga yetkazib qoʻyay...
Muftiy Taqiy Usmoniy hazratni aeroportga olib bordik. Ketayotganlarini eshitib, oʻnlab talabalar orqadan yetib kelishdi. Hazrat talabalar qoʻrshovida qoldilar. Aeroportdagi yoʻlovchilar ham hazratni tanib qolib, duo olish uchun oʻrab olishdi. Yoshlar boʻlsa rasmga tushish harakatida. Tolibi ilmlar boʻlsa hazratning dastxatlarini olish payida.

Aeroport xodimlari bunday holat bilan koʻp ham duch kelavermaydilar shekilli. Kim bu olim, deya tinmay soʻrashar edi. Hazratga rasmiylarga aytaymi, VIPda kutib turamiz, samolyotga tezda chiqarib yuboraman, dedim. Hazrat boʻlsalar, yoʻq kerak emas, ularni ovora qilib qoʻyasan, keraksiz mulozamat qilishadi, deb rozi boʻlmadilar.

Shundoq boʻlsa ham hazrat urinib qolmasinlar, navbat kutib qolmasinlar deb uchuvchilar oʻtadigan maxsus yoʻlakdan oʻtkazib qoʻydim. Chegarachi pasportlarini tekshirib boʻlgach, hazrat ichkariga kirayotgan edilar. Biz chegaragacha kelganimiz uchun Zafarjondan boshqa hamma yigitlar tashqarida qolgan edi. Fursatni gʻanimat deb bildim va hazratdan vatanimizdagi tolibi ilmlar uchun, ahli ilmlar uchun, madrasadagi va mahaddagilar uchun hadis ijozati berishlarini iltimos qildim. Bu fursat shunday fursat ediki, qoʻldan chiqarishim mumkin emas edi. Hazrat, yuzlab talabalar, ulamolar sizdan ijozat olib, sizning talabalaringiz safida boʻlishni orzu qilishadi, iltimos barchalariga umumiy ijozat bersangiz dedim. Hazrat ojizona iltimosimni qabul qildilar va ahil boʻlgan vatandoshlarimizga quyidagi umumiy hadis ijozatini berdilar.

Aziz ahli ilm birodarlarim, bir yil buni ayta olmay yurgan edim. Bugun nasib ekan.
Sizlardan ojizona iltimosim, Hazratning haqlariga duo qilinglar.

Alloh taolo doimo u kishini Oʻz panohida saqlasin.
Hazratning xizmatlarida boʻlib, darslarida qatnashib, yana bir bor hadis ijozatini olishni Robbim nasib qilsin. Omin!
Muhammad ODIL

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Cizlarga yetkazib qoʻyay...