Internetda bir necha shaxs shahardagi koʻngilochar maskanlardan birida mushtlashuv keltirib chiqargani tasvirlangan video tarqaldi.
Shu bilan birga, xabar qilinishicha, hodisa 3 mart kuni Sergeli tumanidagi “Utopiya” tungi klubida soat 2:00lar atrofida sodir boʻlgan. Bu mushtlashuvda oʻnlab yigitlar ishtirok etgan.
Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishicha, ichki ishlar organlariga 3 mart kuni ham, undan keyingi kunlarda ham na bu tumanda, na shaharning boshqa tumanlaridagi koʻngilochar maskanlarda tartibsizliklar yuz bergani haqida hech qanday maʼlumot kelib tushmagan. Videoda tasvirlangan mushtlashuv oqibatida jabrlangan shaxslar haqida ham xabar yoʻq.
Biroq, IIBB xabariga koʻra, ushbu videoyozuv qayerda va qachon tasvirga tushirilganini aniqlashtirish hamda tafsilotlarni bilish maqsadida tekshiruv boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?