11:50 / 26.03.2019
4 196

Nurxon Nafasov Bosh prokurordan yordam soʻradi

Nurxon Nafasov Bosh prokurordan yordam soʻradi
Oʻzbekiston karate federatsiyasining sobiq rahbari Nurxon Nafasov poytaxtda sayyor qabul oʻtkazgan Bosh prokuror Otabek Murodov bilan uchrashib, oʻziga nisbatan qasddan ayb uyushtirilgani, lavozimi kerak boʻlgani uchun uni qator muammolarga duchor qilishganini maʼlum qilib, nohaq ayblovlarni fosh etishda undan yordam soʻradi. Bu haqda OʻzA maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuror masalani oʻz nazoratiga olishini, ishga aloqador barcha holatlar tekshirilib, huquqiy baho berilishini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvarida Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) rasmiy saytida Karate federatsiyasining sobiq raisi Nurxon Nafasovning jinoyatlari toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlumot berilgani va tergov jarayonida ushbu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topib, N.Nafasovga nisbatan Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ish ochilgani toʻgʻrisida xabar bergandi.

Soʻng bu xabarga Bosh prokuratura rasman raddiya berib, Nurxon Nafasov hech qanaqa jinoyat ishida figurant emasligini bildirgan, shu bilan birga, MOQga aybsizlik prezumpsiyasi haqida eslatgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurxon Nafasov Bosh prokurordan yordam soʻradi