12:50 / 26.03.2019
6 219

Toshkentda oʻquvchi parta ustiga chiqib raqsga tushdi (video)

Toshkentda oʻquvchi parta ustiga chiqib raqsga tushdi (video)
Toshkentdagi oʻquv muassasalaridan birida oʻquvchi oʻqituvchi oldida parta ustiga chiqib raqsga tushgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Video dastlab “@__bekkhan__8” nikli foydalanuvchi tomonidan TikTok qisqa videolavhalar tarmogʻiga joylashtirilgan. Undan soʻng esa Odnoklassniki va Facebookdagi gruppalarga tarqalib ketgan.

Facebookdagi Xalq bilan muloqot guruhida ushbu video ostida bir zumda koʻplab salbiy izohlar qoldirildi. Aksariyat foydalanuvchilar ushbu maktab oʻquvchisining tarbiyasizligidan afsuslanib, maktablarda oʻqituvchilarga bolalarni qattiqroq jazolashga ruxsat berish kerakligini taʼkidlashdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda oʻquvchi parta ustiga chiqib raqsga tushdi (video)