19:13 / 26.03.2019
4 035

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga Oʻzbekistonda taksilar faoliyatini takomillashtirishga oid hujjat loyihasi joylashtirildi. Unga koʻra, 2019 yilning 1 iyulidan jismoniy shaxslarga toʻrt kishidan ortiq boʻlmagan yoʻlovchi oʻr

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga Oʻzbekistonda taksilar faoliyatini takomillashtirishga oid hujjat loyihasi joylashtirildi.  Unga koʻra, 2019 yilning 1 iyulidan jismoniy shaxslarga toʻrt kishidan ortiq boʻlmagan yoʻlovchi oʻr
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga Oʻzbekistonda taksilar faoliyatini takomillashtirishga oid hujjat loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra, 2019 yilning 1 iyulidan jismoniy shaxslarga toʻrt kishidan ortiq boʻlmagan yoʻlovchi oʻrindiqli yengil avtomobillarda yoʻlovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda ular YATT sifatida elektron platforma orqali operatorlar bilan shartnoma imzolagan boʻlishi kerak.

Avtomobilni muayyan rangga boʻyash shart emas, yopishadigan materiallar bilan avtomobil eshiklariga, kapotiga va yana qayerigadir taksi belgilari tushiriladi.

Yoʻnalishsiz taksi sifatida foydalanishga moʻljallangan yengil avtomobillarning ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi.

“Hujjat loyihasida turli platformalar orqali xizmat koʻratadigan yuridik shaxslarga ham talablar belgilanmoqda. Masalan, masala oʻz maqomi toʻgʻrisida internetga batafsil axborot joylashtirishi kerak boʻladi. Serverlari Oʻzbekistonda joylashgan boʻlishi kerak, soliq va hokazolar”, deya izoh bergan “Davletovuz” kanali.

Yuridik shaxslar taksilari yoʻl yoqasidagi parkovkalar, aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar, savdo markazlari hamda markaziy bozorlar parkovlaridan bepul foydalanish huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga Oʻzbekistonda taksilar faoliyatini takomillashtirishga oid hujjat loyihasi joylashtirildi. Unga koʻra, 2019 yilning 1 iyulidan jismoniy shaxslarga toʻrt kishidan ortiq boʻlmagan yoʻlovchi oʻr