19:39 / 26.03.2019
3 083

Tillalarni yutib uchmoqchi boʻlgan yoʻlovchi toʻxtatib qolindi

Tillalarni yutib uchmoqchi boʻlgan yoʻlovchi toʻxtatib qolindi
Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari quyma tillalarni yashirincha olib chiqib ketishga uringan shaxsni toʻxtatib qolishdi.

Jumladan, “Toshkent-Amritsar” yoʻnalishi boʻyicha uchib ketayotgan fuqaro D.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi va fuqaro tegishli tartibda nazoratdan oʻtkazildi.

Natijada ushbu fuqaro jami 8 dona quyma tilla boʻlaklarini olib oʻtish maqsadida yutib olganligi maʼlum boʻldi. Ammo uning bu urinishlari naf bermadi va narxi qariyb 36 million soʻmlik quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tillalarni yutib uchmoqchi boʻlgan yoʻlovchi toʻxtatib qolindi