19:44 / 27.03.2019
3 663

Oʻzbekistonlik ayol XIX asrda yasalgan zargarlik buyumini mamlakatdan olib chiqishga urindi

Oʻzbekistonlik ayol XIX asrda yasalgan zargarlik buyumini mamlakatdan olib chiqishga urindi
Termiz aeroporti bojxonachilari XIX asrda yasalgan zargarlik buyumini olib chiqishga boʻlgan urinishni oldini olishdi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, Termiz aeroporti bojxonachilari “Termiz-Vnukovo” yoʻnalishi boʻyicha uchib ketayotgan fuqaro E.M.ni “yashil” yoʻlakdan harakatlanayotgan chogʻida belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazishdi.

Natijada, uning qoʻl yuklari orasida bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan, sevgi maktublarini solib yurishga moʻljallangan ayollar taqinchogʻi borligi aniqlandi.

“Ayollar koʻkrak taqinchogʻi XIX asr oxiri XX asr boshlariga mansub boʻlib, qadimda koʻltiqtumor deb nomlangan. Kumush tangalar va sadaf bilan bezatilgan ushbu taqinchoqni ekspertlar tarixiy va madaniy ahamiyatga ega noyob buyum sifatida eʼtirof etishdi”, - deb maʼlum qildi DBQ vakili.

Zargarlik buyumida Rossiya imperiyasi kumush tangalari ishlatilgan boʻlib, uning dastlabki qiymati ming dollarni tashkil qilishi mumkin.

Hozirgi vaqtda bojxona tekshiruvi oʻtkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonlik ayol XIX asrda yasalgan zargarlik buyumini mamlakatdan olib chiqishga urindi